Toshkentda ob-havo:

sunny

7°C dan 10°C gacha

Valyuta kursi:

USD 375.05

RUB 103.67

EUR 12194.44

UZ RU

Har bir korxonada kasaba uyushma tashkiloti faoliyat yuritishi shart - Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari ushbu soha xodimlari va faollarini bayram munosabati bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mehnatkashlari va kasaba uyushmalari faollarini bayram kuni bilan tabrikladi.

Har bir korxona, muassasada kasaba uyushma tashkiloti faoliyat yuritishi, rahbarlar u bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz korxona va tashkilotlar xodimlarining kasbiy, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash tizimini yanada mustahkamlashni davrning o‘zi talab qilayotganini ta’kidladi.

O‘ylaymanki, mamlakatimizdagi barcha ish beruvchilar va rahbarlar jahonda umume’tirof etilgan qoidaga amal qilishlari kerak: har bir korxona, muassasada kasaba uyushma tashkiloti faoliyat ko‘rsatishi, rahbarlar u bilan yaqindan hamkorlik qilishi shart. Shundagina biz mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olishimiz va hayotimizda ijtimoiy adolatni o‘rnatishimiz mumkin”, — dedi prezident.

Mirziyoyev kasaba uyushmalarining bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni yanada kengaytirish, samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi tashabbuslarini bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Bu yo‘lda biz kasaba uyushmalari fuqarolik jamiyatining eng faol institutiga aylanishi uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz, deya qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.

Ayni paytda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 5,5 milliondan ortiq a’zosi bor. Kasaba uyushmalari tizimida 33 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilot, 6500 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi, 300 mingga yaqin faol faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, kasaba uyushmalarining sa’y-harakatlari bilan 14 mingga yaqin ishchining buzilgan mehnat huquqlari tiklanganini ham alohida ta’kidlash lozim. Ularning foydasiga 13,6 milliard so‘mdan ortiq undirildi.

Kasaba uyushmasi bir ishchiga qancha pul ajratganini eslaylik.