Toshkentda ob-havo:

sunny

10°C dan 11°C gacha

Valyuta kursi:

USD 398.36

RUB 102.68

EUR 12074.3

UZ RU
bgphoto

Boshqarma haqida

Boshqaruv haqida

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi to‘g‘risida N I Z O M

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Ustaviga muvofiq ta'sis etiladi.

Emblemada kasaba uyushmalarining bosh vazifasi: a'zo tashkilotlarning kasaba uyushmalari a'zolarini ijtimoiy-mehnat va fuqarolik huquqlari, ishlab chiqarish, kasbiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlarini birlashtirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek a'zo tashkilotlarning umumiy maqsadlariga erishish, umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, mazkur masalalarda davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sherikligi aks etgan.

Emblema O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari, Federatsiya Kengashi tasarrufidagi va hududiy birlashmalar tomonidan tashkil etilgan korxona va tashkilotlar binolarining old tomoniga joylashtiriladi.

about img

Emblema Federatsiya tizimida amal qiladigan yagona nusxadagi a'zolik biletlarida, Federatsiya Kengashining, o‘z ramzlariga ega bo‘lmagan Federatsiyaga a'zo tashkilotlar, Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlarning blanklari, muhrlari, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan chiqariladigan turli nashrlarda, esdalik sovg‘alarida aks etgiriladi. Emblema O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi engashi, Federatsiyaga a'zo va Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan konferensiya, simpozium, seminar va uchrashuvlarda ko‘rinarli joyga ilib qo‘yiladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasining takrorlanayotgan tasviri, uning katta-kichikligidan qat'iy nazar, tasdiqlangan rangli va oq-qora tasviriga aniq mos bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi emblemasi T A V S I F I

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida ijtimoiy sheriklik asosida kasaba uyushmalari a'zolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasi – davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari ijtimoiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ifoda etuvchi vositalar tasviri aks ettirilgan.

about img

Xususan, kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida aks etgan uch nafar inson tasviri – davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik asosidagi faoliyatini ifodalaydi.

Mazkur uch nafar inson tasvirining O‘zbekiston Respublikasi xaritasi uzra aks ettirilishi esa bu faoliyatning mamlakat miqyosida amalga oshirilishini anglatadi.

Uch inson tasvirining bir-biri bilan jipslikda tasvirlanishi – davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik asosidagi faoliyati uyg‘unligini, ularning inson manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan maqsadlarining mushtarakligini aks ettiradi.

Shuningdek, uch inson tasviridagi bir tomondan yuqoriga ko‘tarilgan qo‘llar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan va mamlakatimizda eng oliy qadriyat hisoblangan inson manfaatlari yo‘lidagi ezgu ishlarda ijtimoiy hamkor taraflar – davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining yuksak maqsadlar sari doimiy olg‘a intilishi ma'nosini anglatadi.

Tasvirdagi insonlar obrazida aks etgan ranglar esa Respublikamiz bayrog‘iga hamohanglik bilan birga yashil rang – doimiy barhayotlik, yangilanish va rivojlanish, oq rang – soflik, faoliyatdagi ochiqlik va oshkoralik, moviy rang – Vatanimizdagi barqaror tinchlik, musaffo osmonimiz, beg‘uborlik ramzi sifatida ifodalangan.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasining yangi tahrirdagi ramzida aks etgan O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tasviri ikki xil rangda: Xantal rangida; Jigarrangda berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi xaritasi uzra aks etgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi» yozuvi to‘q ko‘k rangda ifodalanadi.

about img